Konferensiya kun tartibidan federatsiyaga yangi rais saylaş, uning rahbariyati va ijroiya qömitasi tarkibini qaytadan şakllantirib oliş masalalari örin oldi.
Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari kotibiyati mas’ul xodimi, bungaça sport sohasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan Raşid Tolipov nomzodi federatsiya raisi lavozimiga taklif etildi va konferensiya iştirokçilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Şu tariqa, Raşid Tolipov Özbekiston karate WKF federatsiyasi raisi etib saylandi. Şu paytgaça federatsiya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Alam Mullayev, şuningdek, Baxtiyor Niğmatullayev, Anvar Muhammedov, Saparmurod Jiyemurotov, Ilhom Mamadaliyev, Burhon Rahmonov hamda Dilnoza Bakirova rais örinbosari, bungaça federatsiya ijroçi direktori lavozimida işlagan Farrux Toşkenboyev federatsiya boş kotibi etib saylandi. Tadbir davomida ijroiya qömitasi a’zolari ham şakllantirilib, taşkilot yangi tahrirdagi nizomi tasdiqlandi.
Yiğilişda sözga çiqqan Raşid Tolipov işonç uçun minnatdorlik bildirgan holda, karate sportini rivojlantiriş yölida astoydil xizmat qilişini ta’kidladi. Oldinda turgan yirik musobaqalar, joriy yil dekabr oyida Toşkent şahrida ötkaziladigan kattalar örtasidagi Osiyo çempionatini yuksak saviyada taşkil etişda barçani hamjihat bölişga çaqirdi.








