Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada qulagan An-26 bortida general-mayor ham bo‘lgan
Suriyada qulagan An-26 samolyoti bortida Rossiya qurolli kuchlari general-mayori Vladimir Yeremeyev bo‘lgan. Bu haqda RBK RF Mudofaa vazirligidagi manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Mahkamadan ma'lum qilishlaricha, samolyot qulashida halok bo‘lganlar orasida general-mayor va 26 nafar zobit bo‘lgan, deb xabar bermoqda TASS. Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida ulardan tashqari, praporshchiklar va shartnoma asosidagi xizmat harbiylari bor edi.
Samolyot qo‘mondoni 3 ming soatlik parvozga ega bo‘lgan, u bunga qadar Xmeymimda bir necha marta muvaffaqiyatli ravishda qo‘nishni amalga oshirgan. Harbiylarning ta'kidlashicha, seshanba kuni qo‘nish uchun ob-havo sharoitlari «oddiy bo‘lgan».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada bortida 32 kishi bo‘lgan Rossiya samolyoti qulagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10 / 08.07.2026