Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish loyihasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
AQSh xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish (AVC)” loyihasi doirasida Respublikamiz qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan ko‘rik-tanlovning Andijon qishloq xo‘jaligi institutidagi bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlov milliy boyligimiz bo‘lgan mahsulotlarning xilma-xilligi, sifati va mo‘l-ko‘lligini namoyish qilishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.
Tanlovda talabalar, asosan, danakli mevalar, sabzavotlar, uzum, poliz ekinlari kabi mahsulotlarni qamrab oluvchi loyiha doirasida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishni barcha jabhalarda takomillashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, soha vakillarini daromadini hamda meva va sabzavot hosildorligini oshirishga yo‘naltirilgan chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Institut talabalari tomonidan tuzilgan jamoalar tanlov Nizomi asosida tuzilgan shartlar bo‘yicha bellashishdi.
Tadbirda institut rektori Abduaziz Abduvasiqov hamda loyiha rahbari Charlz Meylar qatnashchilarni taqdirlab, ayollarni bayram bilan qutlashdi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
13:22 / 23.03.2026