Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShga: Siz bilan AQShda bo‘lishni istaganimizda gaplashamiz
Foto: RIA Novosti
Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Homanaiy Eron AQSh va Yevropa davlatlari bilan Yaqin Sharqdagi mavjudligi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi emas. Bu haqda oyatullohning saytida ma'lum qilingan.
“Yevropa davlatlari kelib, Eron bilan Yaqin Sharqdagi mavjudligi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi ekanliklarini aytishadi. Nima ishingiz bor? O‘zingiz nima uchun bu yerdasiz? Bu bizning mintaqa”, deb aytgan Homanaiy.
“Biz mintaqada mavjudligimiz bo‘yicha muzokaralarni mintaqa davlatlari hukumatlari yoki siz (AQSh) bilan o‘tkazishimiz kerakmi? Siz bilan AQShda bo‘lishni istaganimizda gaplashamiz!”, deb qo‘shimcha qilgan oyatulloh.
Bundan tashqari, oyatullohning aytishicha, “AQSh har joyda korrupsiyalashgan va isyonkor aralashuviga qaramay, Eronning mintaqada mavjudligi bo‘yicha norozilik bildirib keladi”.
Mavzuga oid
13:42
AQSh va Eron Fors ko‘rfazida yangi hujumlar boshladi
09:26
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:23 / 04.05.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
07:31 / 04.05.2026