Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridada o‘qituvchilarga qurol olib yurishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi
AQShning Florida shtati vakillar palatasi qurolni erkin olib yurishga bir qator cheklovlar kirituvchi qonun loyihasini qabul qildi.
Vakillar palatasi 67 ta ovoz bilan qonun loyihasini qabul qilgan, unga 50 deputat qarshi chiqqan. Qonun maktab o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga qurol olib yurishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, qurol sotib olish minimal yoshi 18 yoshdan 21 yoshgacha ko‘tarilgan. Shuningdek, o‘qotar qurol xarid qilishda 3 kunlik kutish davri kiritiladi. Bu qurolni jahl ustida yoki kasali xuruj qilganda xarid qiluvchilarga xalaqit qilish maqsadida joriy qilinadi.
Shtat senati ushbu qonun loyihasini avvalroq qabul qilgandi, endi uni shtat gubernatori Rik Skott imzolasa bo‘ldi. Skott o‘qituvchilar qurollanishiga qarshiligini, biroq bu qonun loyihasiga taqiqlov kiritishi-kiritmasligi borasida aniq fikr aytmagan.
14 fevralda Floridadagi maktablardan birida shu maktabning 19 yoshli sobiq o‘quvchisi tomonidan ommaviy qotillik sodir etildi. U sodir etgan otishma oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
20:43 / 22.02.2026
Tramp qarorgohining qo‘riqlanadigan hududiga kirishga uringan shaxs o‘ldirildi
11:00 / 12.02.2026