Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHX qoidasi buzilishi ikki kishi o‘limi va bir fuqaroning jarohat olishiga sabab bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida 6 mart kuni soat 03.00larda Samarqand tumani Dashtakibolo qishlog‘ida yashovchi, “Akmal” MChJ haydovchisi, 1985 yilda tug‘ilgan Sh.I. o‘zining boshqaruvidagi “Volvo” yuk avtomashinasini “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo‘lining 847-kilometrida haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan uch nafar piyodani urib yuborgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Natijada O.K. jarohat olib voqea joyida va P.J. kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar, B.X. kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
05:32
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026