Jahon | 19:57 / 08.03.2018
12981
2 daqiqa o‘qiladi

Kaddafiy tuzumining Belgiyadagi hisob-raqamlaridan milliardlab yevrolar yo‘qolgani aniqlandi 

Foto: DPA/TASS

BMTning qarori bilan 2011 yilda muzlatilgan, Liviyaning Belgiyadagi Euroclear Bank bankidagi hisob-raqamlarida saqlangan mablag‘laridan 10 mlrd yevrodan ko‘prog‘i 2013-2017 yillarda yo‘qolib qolgan. Bu haqda Le Vif nashri xabar bermoqda. 

Maqolada tushuntirilishicha, bu mablag‘lar Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Kaddafiy yaqinlari tomondan nazorat qilingan.

2013 yil 29 noyabr holatiga ko‘ra, Libyan Investment Authority va Libyan Foreign Investment Company kompaniyalari uchun ochilgan 4 ta hisob raqamida 16,1 mlrd yevro bo‘lgan.

Belgiya hukumati 2017 yil kuzda pul yuvish bo‘yicha tergov doirasida 16 mlrd yevroga taqiq qo‘yilmoqchi bo‘lganda bu mablag‘lardan anchagina qismi yo‘qligini aniqlagan. Aniqlanishicha, hisob raqamlarda 5 mlrd yevrodan sal ko‘proq pul bo‘lgan. 

Biroq Belgiya moliya vazirining aytishicha, Belgiya bu hisob raqamlardan taqiqni olmagan. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, endi Belgiya bu hisob raqamlar muzlatilishini to‘g‘ri nazorat qilgani-yo‘qligi borasida savol yuzaga kelgan.

Muammar Kaddafiy Liviyani 40 yildan ko‘proq boshqargan va 2011 yil oktabrda isyonchilar tomondan o‘ldirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid