Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Turkiyaning qadamidan jiddiy xavotirga tushib qoldi
NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari Petr Pavelning ma'lum qilishicha, Turkiya tomonidan Rossiyadan S-400 raketa majmuasining xarid qilinishi alyansda jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Breaking Defence xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Petr Pavelning fikricha, S-400 NATO texnologiyalariga mos emas, shu sababdan Rossiya zenit-raketa majmualari alyans havo hujumidan mudofaa umumiy tizimiga intergratsiya qilinmay, balki alohida birlik sifatida qo‘llaniladi.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, asosiy muammo tezkor ma'lumotga aloqadordir, u NATOning Turkiyadagi harbiy infratuzilmasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Uning fikriga ko‘ra, ushbu ma'lumot keyinchalik Rossiya tizimlarida saqlanib qoladi, balki RF hukumatiga ham berilishi mumkin.
Mavzuga oid
22:14
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:49
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
18:43