O‘zmilliybank va Amonatbonk o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi
2018 yil 9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Tojikiston Respublikasining «Amonatbonk» Davlat omonat banki o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga doir ikkita hujjat imzolandi.
Hamkorlikni mustahkamlash va banklararo hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida «Vakillik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha banklararo shartnoma» imzolandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga tovarlar va xizmatlar eksporti bilan bog‘liq bitimlarni moliyalashtirishni nazarda tutuvchi «Savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv» tuzildi.
Taqdim etilayotgan kredit liniyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasidan turli sohalarda (to‘qimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, maishiy kimyo mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, avtomobilsozlik, kimyo va boshqa sohalarda) tovarlar va xizmatlar eksportini ko‘paytirish maqsadida savdoni moliyalashtirish loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
21:49 / 11.06.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi tuzish jarayonini to‘xtatdi
18:30 / 22.05.2024
Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi test rejimida ishga tushiriladi
18:28 / 19.03.2024
Ozarboyjon bilan energetika sohasida hamkorlik qilinadi
18:32 / 05.03.2024