Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘zi “irkit ish” bilan shug‘ullanib, qolganlarni bunda ayblaydi – Putin
Foto: nbcnews
AQSh “irkit ish” bilan shug‘ullanib, qolganlarni bunda ayblaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin NBC telekanali jurnalisti Megin Kelliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Intervyu davomida Kelli Putindan AQSh tomondan 2016 yilgi prezident saylovlariga aralashishda ayblangan rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojin haqida so‘ragan. Kelli Prigojin Putin uchun “irkit ishni bajarishi” haqidagi fikrga iqtibos keltirgan.
“Bunday o‘ylayotgan odamlar kimlar o‘zi? Qanday irkit ish haqida gap bormoqda? Men hech qanday irkit ish bilan shug‘ullanmayman. Men qilayotgan barcha ish ochiq-oydin. Bunday ishlarni qilish sizlarga xosdir. Sizlarda irkit ishni qilishni yaxshi ko‘radiganlar bor va siz bizni ham shunday qiladi, deb o‘ylaysiz”, deb aytgan Putin.
Mavzuga oid
09:26
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:23 / 04.05.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
07:31 / 04.05.2026
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
20:29 / 03.05.2026