Jahon | 09:35 / 10.03.2018
4396
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada politsiyasini endi ayol kishi boshqaradi

Foto: Reuters

Kanada federal politsiyasiga birinchi marta ayol kishi boshliq etib tayinlandi. Bu haqda CBC xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo bu lavozimga 1986 yildan beri politsiya xodimi sifatida ishlab kelgan Brenda Lakani tayinlagan.

U sobiq Yugoslaviyada tinchlikparvarlik kuchlarida xizmat qilgan, shuningdek, BMTning Haitidagi missiyasida politsiyachilarni o‘qitish bilan shug‘ullangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid