Jahon | 11:20 / 11.03.2018
7731
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Yaponiyaning «Bir kamar, bir yo‘l» loyihalaridagi ishtirokini qutlamoqda 

Xitoy Yaponiyaning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi loyihalaridagi ishtirokini qutlaydi, deb aytdi Xitoy tijorat vaziri Chjun Shan matbuot anjumanda. 

“Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi ochiq, inklyuziv va shaffof hisoblanadi, Yaponiya bu tashabbus doirasida hamkorlik qilish imkoniyatlariga doimiy ravishda qiziqish bildirib keladi”, deb aytgan Xitoy vaziri.

“Biz Yaponiyaning ushbu tashabbus loyihalari doirasida yanada hamkorlik qilishni ilgari surishiga umid qilamiz”, deb aytgan Chjun Shan.

Xitoy 2013 yilda Yevrosiyo davlatlari o‘rtasida infratuzilma yaratish va o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan “Bir kamar, bir yo‘l” iqtisodiy rivojlanish strategiyasini e'lon qilgan. Strategiya rivojlanishning ikkita muhim yo‘nalishini o‘z ichiga oladi: Ipak yo‘li iqtisodiy kamari va dengiz Ipak yo‘li. Gap Sharqdan G‘arbga imtiyozli shartlar asosida mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish uchun savdo yo‘lagini yaratish haqida borgan.

Foto: Chjun Shan / Kommersant.ru

 

Mavzuga oid