Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hind fermerlari namoyishlarda telefonlarini quvvatlashning antiqa yo‘lidan foydalanishdi
Foto: Sona Satisha
11 mart kuni o‘n minglab fermerlar Hindistonning Maxarashtra shtati poytaxti Mumbayga kelishgan. Fermer va dehqonlar shu tariqa o‘zlarining bar haftalik norozilik marshlarini yakunlashgan: ular hukumatdan soliqlarni kamaytirish va qishloq xo‘jaligida islohotlarni amalga oshirishni talab qilgani boshqa shahardan 167 km yo‘l bosib kelishgan. Hindiston kommunistik partiyasi tomonidan tashkil etilgan norozilik namoyishlarida 35 ming kishi ishtirok etgan.
Marsh ishtirokchilari o‘z safarlari davomida smartfonlari quvvati tugashi muammosiga duch kelishgan. Shu sababli ba'zi fermerlar boshlarida planshet o‘lchamidek keladigan quyosh panellarini mahkamlab olib, ulardan o‘zlari va boshqalarning mobil qurilmalarini quvvatlashgan.
48 yoshli Natu Udarning mahalliy telekanalga ma'lum qilishicha, u panelni dastlab uyiga sotib olgan. “Men uni o‘zimga va boshqalarga yordam berish uchun boshimga mahkamlab oldim”, deb aytgan u.
Ma'lum qilinishicha, shtat hukumati namoyishchilar bilan uchrashib, ularning talablarini yarim yil ichida qanoatlantirishga va'da bergan.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026