Jamiyat | 00:25 / 12.03.2018
7638
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda Qur'on musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi

12 mart kuni Namanganda «O‘zbekiston Qur'on musobaqasi-2018» viloyat bosqichi o‘tkaziladi. Bu haqda «KUN.UZ» muxbiriga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi xabar berdi.

Mazkur musobaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 47 nafar Qur'on ilmi sohiblari ishtirok etishadi.

Namangan shahridagi «Imomi A'zam» jome-masjidida bo‘ladigan erkaklar o‘rtasidagi musobaqada 36 nafar qori bellashadi. «Shodiyona» tantanalar majmuasida o‘tadigan ayollar musobaqasida esa 11 nafar qoriyalar qatnashadi.

Musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilgan.

Musobaqada shuningdek, viloyatdagi «Hidoya» o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari ham Respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun o‘zaro bellashadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid