Yuqumsiz kasalliklarga ega bo‘lganlarga Kuvaytda yashash taqiqlandi
Kuvaytga ishlagani keluvchi va saraton, qand kasalligi va boshqa bir qator yuqumsiz kasalliklardan aziyat chekuvchi xorijliklar endi ushbu mamlakatda doimiy yashash uchun ruxsat ololmaydilar. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.
Kuvayt sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda doimiy yashashga huquq bermaydigan 22 ta kasallikni aniqlashtirib oldilar. Bu kasalliklar orasida buyrak yetishmovchiligi, ko‘rish bilan muammolar, yuqori qon bosimi, diareya kabilar bor. Yashash uchun ruxsati bo‘lganlarda bu kasalliklar aniqlanganda ular deportatsiya qilinmaydilar.
Ta'kidlanishicha, yangi choralar sog‘liqni saqlashga xarajatlarni kamaytirishga hamda mamlakatga ishlashga qodir muhojirlar kelishini ta'minlashga qaratilgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligida ta'kidlanishicha, bu qoidalar 2001 yilda Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga mos keladi.
Bungacha Kuvaytga kirish va chiqish xalqaro qonunlarga ko‘ra taqiqlangan. Bu OITS, gerpes, gepatit B va S, malyariya, zahm, sil va so‘zak kabi yuqumli kasalliklardan aziyat chekuvchilarga taalluqli bo‘lgan. Biroq bu vaziyat yuqumsiz kasalliklarga ega odamlarga mamlakatga kelishni taqiqlovchi ilk holatdir.
Nashrning ta'kidlashicha, 2017 yil kuzida Kuvayt 20 yil ichida ilk bor muhojirlar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish narxlarini oshirgan. Bu parlamentning bir qator deputatlari Kuvayt neftdan olinadigan daromadlar kamayotgani sababli boshqa past narxlar yoki umuman bepul tibbiy yordam ko‘rsata olmasligini aytganlaridan keyin yuz bergan. Ularning aytishicha, aholisining 70 foizi muhojirlardan tashkil topgan Kuvaytda bunday choralar sog‘liqni saqlash sohasiga yuklamani kamaytirishga yordam beradi.
Mavzuga oid
11:30 / 23.10.2024
Kuvayt Farg‘onada shifoxona qurishi mumkin
09:40 / 23.10.2024
O‘zbekistondan Kuvaytga quruq mevalar eksporti hajmi oshiriladi
16:30 / 01.10.2024
Toshkent, Farg‘ona va Sirdaryoda "O‘zbekiston-Kuvayt" biznes-forumlari o‘tkaziladi
16:00 / 28.09.2024