Mart oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-son qarorini ijro etish, shuningdek 3,1 mln nafardan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pensiya va nafaqa to‘lovlarini o‘z vaqtida yetkazilishini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati tomonidan joriy yilning mart oyi uchun talab qilingan mablag‘lar 2018 yil 9 mart sanasiga qadar to‘liq moliyalashtirildi.
Bu haqda Byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2018 yil mart oyi uchun pensiya va nafaqalar bo‘yicha to‘lovlarni moliyalashtirish hajmlari to‘g‘risidagi xabarida aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fevral oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
11:10 / 03.10.2024
Germaniyada fuqarolik nafaqalarini olish qoidalari qat’iylashtiriladi
15:15 / 27.09.2024