16:59 / 13.03.2018
14417

Turkiya: turk-amerika munosabatlari butkul uzilish yoqasida 

Foto: Reuters

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, AQSh hamda Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar butunlay uzilib ketish yoqasida turibdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turk xalqi Amerika tomoniga «juda salbiy» munosabatda.

«Bizning mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar butkul uzilib ketish arafasida turibdi. Bu yakuniy tarzda ro‘y bermasligi uchun ham fevral oyida ishchi guruhlar tashkil etildi. Hamda biz shart qo‘ydik: agarda sizlar yana o‘zingizning bitta so‘zingizga ham amal qilmasangiz, unda biz ham ortiqcha sabr qilib o‘tirmaymiz», - deya aytib o‘tdi Chavusho‘g‘li.

Vazirning ta'kidlashicha, gap AQSh tomonidan kurdlar birlashmalariga Suriya hududida qurol-yarog‘ yetkazib berish haqida ham boryapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Rossiyadan S-400 nega xarid qilinganini tushuntirib bergandi.

Top