17:35 / 14.03.2018
4855

YeI uchinchi mamlakatlar fuqarolari uchun viza yig‘imini 20 yevroga oshirmoqchi

Foto: RIA "Novosti"

Yevroittifoq shengen vizasini olish uchun yig‘imni hamjamiyatga kirmaydigan davlatlar fuqarolariga 20 yevroga oshirish niyatida. Bu haqda migratsiya masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos Bryusseldagi matbuot anjumanida xabar qildi.

"Biz viza yig‘imini 20 yevroga oshirishni taklif etmoqdamiz. Hattoki shu kichik oshirilishdan so‘ng ham, bizning vizalar AQSh yoki Xitoydan arzonroq turadi", - dedi u. Ayni damda viza yig‘imi 35 yevroni tashkil etadi.

Yevrokomissarning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror, xususan, turli davlatlardagi YeI viza markazlarida xodimlarning kerakli miqdorini saqlab qolishga imkon beradi.

Yevrokomissarning xabar berishicha, har yili uchinchi davlatlar fuqarolariga millionlab shengen vizalari beriladi. "Faqatgina 2016 yilda 15 mln.dan ortiq kishi shengen vizalarini oldi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.

Mavzuga oid
Top