Jahon | 21:50 / 14.03.2018
10411
2 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev Imomali Rahmonni orden bilan taqdirladi

Foto: kapital.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonaga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni “Parasat” ordeni bilan taqdirladi.   

“Sizning davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikka xizmatlaringizni hisobga olib, sizning donoligingiz va Qozog‘istonga muhabbatingiz ishorasi sifatida sizni “Parasat” ordeni bilan taqdirlash haqidagi farmonni imzoladim”, deb aytgan Nazarboyev Rahmon bilan Ostonadagi uchrashuvda.

Rahmon bu u uchun “kutilmagan sovg‘a” bo‘lganini aytgan.

Foto: kapital.kz

“Parasat” ordeni bilan fan va madaniyat, adabiyot va san'at, davlat va jamoat arboblari hamda Qozog‘istonning ma'naviy va intellektual salohiyatini rivojlantirish va ko‘paytirish yoki inson huquqlari va uning ijtimoiy manfaatlarini himoyalashga katta hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadilar.

Nazarboyevning ta'kidlashicha, Rahmon rahbarligida ikki davlat o‘rtasida katta ishonch, hamkorlik va do‘stlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid