20:40 / 15.03.2018
9801

O‘zbek kompaniyalari va Tojikiston alyuminiy kompaniyasi o‘rtasida 460 mln dollarlik kelishuvlar tuzildi

Foto: Asia-Plus

Tojikiston alyuminiy kompaniyasi (TALKO) va uning sho‘'ba korxonalari O‘zbekiston kompaniyalari bilan umumiy qiymati 460 mln dollarni tashkil qiluvachi 5 ta kelishuv imzolashdi. 

Hujjatlar 9 mart kuni o‘zbek va tojik ishbilarmon doiralari forumida imzolangan.

Ma'lum qilinishicha, Tojikiston alyuminiy kompaniyasi rahbariyati “O‘zbekneftgaz” AJ bilan “TALKO” DUKda 200 ta elektrolizer puskini moliyalashtirish bo‘yicha hamfikrlik memorandumini imzolagan. 2018-2020 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu kelishuvning umumiy qiymati 320 mln dollarni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, TALKO O‘zbekistonning “KRANTAS GROUP” kompaniyasi bilan avtomobil va maxsus qurilish texnikasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o‘zbek-tojik qo‘shma korxonasi yaratilishini ko‘zda tutuvchi hamkorlik haqidagi bitimni tuzdi. Bu qo‘shma korxonani yaratishga 3,5 mln dollar talab etiladi. Korxona 2020 yilgacha qurilishi kutilmoqda.

TALKO rahbariyati O‘zbekistonning “Texno Kabel Grupp” kompaniyasi bilan O‘zbekistonga 75 mln dollarlik alyuminiy sim yetkazish bo‘yicha hamfikrlik memorandumi tuzdi. Hujjat 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan.  

Shuningdek, “Talko Menedjment Ltd” va O‘zbekistonning “Blu Bell Global Vencher” kompaniyasi 3 yil davomida O‘zbekistonga qiymati 52,5 mln dollarlik koagulyant, ko‘mir va  flyuorit yetkazilishini nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi.

TALKOning yana bir sho‘'ba korxonasi “Nokili TALKO” va O‘zbekistonning “Texno Kabel Grupp” kompaniyasi O‘zbekistonga mis yetkazib berish va alyuminiy sim sotish bo‘yicha hamfikrlik memorandumini imzoladi. Bu hujjatning umumiy qiymati 9 mln dollarni tashkil qiladi. 

Top