O‘zbekiston | 21:50 / 15.03.2018
29130
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi qamoqxonalarning sobiq boshlig‘i qo‘lga olingani tasdiqlanmadi

Foto: CA-NEWS

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i polkovnik Abdukarim Shodiyev ushlangani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

«Polkovnik Abdukarim Abdurahmonovich Shodiyev 2017 yilning avgust oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi fakultet boshlig‘i lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirmoqda», deyilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

IIV Akademiyasi sayti ma'lumotiga ko‘ra, Abdukarim Shodiyev professional tayyorlov fakultetini boshqarmoqda.

Fevral oyi oxirida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘zgargani, bu lavozimda O‘zbekiston prezidenti devonining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha sektor mudiri sifatida ishlab kelgan Bahrombek Qahramonovich Odilov ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlagani xabar qilingandi.

Bundan avvalroq OAVda 1999 yildan 2018 yilgacha O‘zbekistondagi qamoqxonalarni boshqargan Abdukarim Abdurahmonovich Shodiyev hibsga olingani, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 301-moddasi («Hokimiyatni suiiste'mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi») va 230-modda («Aybsiz kishini javobgarlikka tortish») bo‘yicha ayblov ilgari surilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid