Jahon | 13:35 / 16.03.2018
4095
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Yamanga yordam maqsadida 2 mlrd dollar ajratdi

Foto: REUTERS / Khaled Abdullah

Saudiya Arabistoni payshanba kuni Yaman Markaziy bankiga 2 mlrd dollar miqdorida depozit kiritish haqidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda Saudiya matbuot agentligi juma kuni xabar bergan.

Imzo qo‘yish marosimi Ar-Riyodda tashkil etilgan bo‘lib, unda Saudiya Arabistoni moliya vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Jadaan ishtirok etdi. Uning ma'lum qilishicha, bu omonat Yamandagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilaydi hamda mahalliy valyuta – Yaman riali kursiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Yamanda 2014 yilning avgustidan beri mahalliy hukumat va isyonchi husiylar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv davom etmoqda. 

Avvalroq, Saudiya Arabistoni va BAA Yamanga 1 mlrd dollar ajratishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid