Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) 31 martga qadar BMTga Yaman aholisiga gumanitar yordam körsatiş, şuningdek, mamlakat portlari hamda infratuzilmasini tiklaş uçun va'da qilingan 1 mlrd dollarni ötkazib berişga rozi böldi. Bu haqda butunjahon taşkilot boş kotibi örinbosari Mark Loukok ma'lum qilgan.

Uning eslatişiça, har ikki davlat yanvarda Yamandagi gumanitar amaliyotlar uçun 1 mlrd dollar ajratiş, şuningdek, mintaqa mamlakatlaridan bu maqsad uçun yana 500 mln dollar yiğib berişni va'da qilgan. «Saudiya Arabistoni podşohligi va BAA BMT bilan 31 martga qadar 930 mln dollarni Yamanda 2018 yili gumanitar çoralar köriş rejasini amalga oşirişni qöllab-quvvatlaş maqsadida ötkazib beriş jarayonini muvofiqlaştirib oldi. Ikki davlat mablağlarni sarflaşda faqat gumanitar ehtiyojlar hisobga olinişini ma'lum qildi», - deyiladi Loukokning yozma bayonotida.

Uning sözlariga köra, ikki mamlakat tomonidan yana 70 mln dollar mojaro vaqtida vayron bölgan portlar va boşqa infratuzilmani tiklaş uçun taqdim etiladi. Uning aniqlik kiritişiça, ikki davlat tomonidan beriladigan mablağ 2018 yildagi gumanitar amaliyotlar uçun kerakli bölgan 2,96 mlrd dollarning uçdan bir qismini qoplaydi. BMT hisob-kitoblariga köra, bu mablağlar 8,5 mln kişiga oziq-ovqat yetkazib beriş va 5,4 mln insonni içimlik suvi bilan ta'minlaşga yetadi. Bundan taşqari, BMT va uning hamkorlari 1400 ta maktab hamda 650 ta tibbiyot muassasasini tiklaşni rejalaştirmoqda.