Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz kondensati o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlarning 2ta “UAZ”i yonib ketdi, 4 shaxs kasalxonaga yotqizildi
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida gaz kondensatini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 2018 yil 14 mart kuni soat 02.00larda Do‘stlik mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan F.X. davlat raqam belgisi bo‘lmagan “UAZ” rusumli avtomashinada va Bandboshi mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan E.N. ham davlat raqam belgisi bo‘lmagan “UAZ” rusumli avtomashinada yana ikki nafar mahalladoshlari bilan birga, “Gazli neft qazib chiqarish” MChJga qarashli Uchqir zavodiga tegishli “Kulbeshkak Xojikozxon” cho‘l massivining 7-kilometrida hovuz kavlab, shu yerda joylashgan gazkollektor quvurini teshib, o‘zlari bilan olib kelgan shlang orqali yelim idishlarga gaz kondensatini solayotgan vaqtlarida ehtiyotsizliklari oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan.
Natijada ikkala “UAZ” avtomashinalari yonib ketgan. F.X., E.N., M.M. va L.R. kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026