Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen In bilan may oxirigacha uchrashmoqchiligini tasdiqladi
16 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreya bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uy xabar bermoqda.
“Ikki yetakchi o‘tmishdagi xatolardan saboq chiqarish muhimligini tasdiqlashdi va Shimoliy Koreyaga maksimal bosimni qo‘llab-quvvatlash uchun yaqindan o‘zaro harakatlarni davom ettirishni o‘z zimmalariga olishdi. Ikki davlat yetakchisi Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirishda so‘zlar emas, balki aniq harakatlar turtki bo‘lishini aytishdi va prezident Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan may oxirigacha uchrashish istagini bildirdi”, deyilgan xabarda.
“Ikki davlat yetakchisi oxirgi hodisalar borasida ehtiyotkor optimizm bildirishmoqda va Shimoliy Koreya to‘g‘ri yo‘lni tanlasa, uning porloq kelajagi borligini ta'kidlab o‘tishdi”, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026