Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sayyohlik salohiyati yapon gazetasida yoritildi
Sports Hochi - har kuni million nusxada chop etiladigan mashhur yapon gazetasi. Nashr sahifalarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida maqola rang-barang suratlar bilan chop etildi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati.
Kunchiqar yurt mamlakati aholisining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi juda yuqori. Ta'kidlash kerakki, Yaponiya fuqarolari uchun vizalar bekor qilinishi sababli bu qiziqish sezilarli darajada oshdi, shuning uchun bunday maqolalar sayyohlarni mamlakatga jalb etishning qo‘shimcha vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Yaponlar tashrifi uchun ommabop va qiziqarli bo‘lgan shaharlar sifatida Samarqand, Buxoro hamda Xivani e'tirof etish mumkin. Shuningdek, mamlakat hududida buddizm davriga tegishli ko‘plab yodgorliklar bo‘lgan Surxondaryo viloyatini alohida ta'kidlab o‘tish lozim.
Mavzuga oid
08:40
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026
Yaponiya bosh vazirining hukmron bloki saylovda g‘alaba qozondi
12:03 / 02.02.2026
Yaponiya okean tubida nodir yer elementlarini aniqladi
21:06 / 26.01.2026