Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda jurnalist mas'uliyati va huquqlari yuzasidan turli tadbirlar tashkil etildi
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Davlat dasturlarini amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish: jurnalist mas'uliyati va huquqlari” loyihasi doirasida doirasida viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmatlari rahbarlari hamda hududiy bosma OAV tahririyatlari bosh muharrirlar ishtirok etdi.

Loyiha ishtirokchilari uchun Zangiota tumanida joylashgan Highway Logistics logistika markaziga hamda tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida trikotaj maxsulotlarining eksporti bilan shug‘ullanaladigan obektiga media-tur tashkil etildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning kasbiy malakalarini oshirish maqsadida OAV to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilayogan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan tegishli soha ekspertlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.




Tadbirning ikkinchi, 13 mart kuni City Palace mehmonxonasining anjumanlar zalida O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat Dasturi ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining roli” mavzusida respublika anjumani tashkil etildi.


Navbatdagi tadbirda ham OAV xodimlarining ma'lumotlar bazasini yanada kengaytirish maqsadida Davlat dasturiga kiritilgan beshta yo‘nalishdan tashqari “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash”, “Davlat dasturi yilida rejalashtirilgan tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish”, “Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning yuqori sifati va ochiqligini ta'minlash, aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar”, “OAV xodimlarining “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat Dasturini yoritishga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar” kabi mavzular bo‘yicha taklif etilgan vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan atroflicha ma'lumotlar berildi.

14 mart kuni esa “Axborot xizmatlari faoliyatida hamda bosma nashrlarni yangi bosqichga olib chiqishda Internet texnologiyalarini qo‘llash borasidagi ko‘nikmalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari ishtirok etdi.
Shu bilan birga, onlayn nashrlarning mas'ul xodimlari, blogerlar, hududiy nashrlarning bosh muharrirlari hamda viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etishdi.


Ushbu tadbir – jurnalistlar, blogerlar, faol foydalanuvchilar, admin va moderatorlar, taniqli kishilar, tadqiqotchilar, sotsiologlar, o‘z fikri va aniq pozitsiyasiga ega, dunyoqarashi keng ilm-fan, siyosat va boshqa sohalar vakillarini jalb qilgan holda ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik fikrini shakllantirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman tashkil etish, bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va xulosalar asosida kelgusidagi harakatlarning “yo‘l xaritasi”ni tuzib olish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik fikrini shakllantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovnomalarga buyurtma berish, ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur yozuvchi va shoirlar, deputatlar, rahbar xodimlar sahifalarini faollashtirish, ularning xalq bilan interaktiv aloqa o‘rnatishlari, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotgan voqea-hodisalar va dolzarb muammolar yuzasidan munosabati, shaxsiy yondashuvini bildirishlariga erishish kabi ilk katta loyihalar rejalarini tuzib olishga qaratilgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
13:42 / 16.03.2026
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
12:18 / 11.03.2026