Jahon | 14:50 / 18.03.2018
3881
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada yil oxiriga qadar Malida tinchlikparvar missiyasini amalga oshiradi

Foto: Reuters

Malida 2018 yilning oxiriga qadar Kanada tinchlikparvar missiyasi amalga oshiriladi. Bu haqida Kanada hukumatidagi manbasiga asoslanib, CBC telekanali xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Ottava G‘arbiy Afrikaning bu mamlakatida jangovor va transport vertolyotlarini joylashtiradi, ular Germaniyaning vertolyot guruhi, askarlar kontingenti va tibbiy personal o‘rnini bosishi kerak. Ma'lumotlarda ta'kidlanishicha, kelasi hafatada Malida BMT shafeligi ostidagi missiyani joylashtirish bo‘yicha rasmiy bayonot berilishi mumkin.

Kanadaning "ko‘k dubulg‘alari" oxirgi marta 2001-2002 yillarda Afrikada - Efiopiya va Eritreyada o‘z missiyalarini yuritishgan. 2013 yildan, ya'ni BMT Malidagi operatsiyasini boshlaganidan buyon ushbu mamlakatda 162 nafar tinchlikparvar halok bo‘lgan. 

2016 yilning yozida Kanada hukumati yaqin orada Afrikaga 600 nafargacha harbiy va 150 politsiyachini yo‘llashga tayyor ekanini ma'lum qilgandi, biroq rasmiy Ottava aynan qayerga yo‘llash borasida aniqlik kiritilmagandi.  

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid