Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvaytdagi O‘zbekiston elchixonasida Navro‘z bayrami nishonlandi (foto)
Kuvaytdagi O‘zbekiston elchixonasida "Navro‘z" bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu davlatda vaqtincha yashab, mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz, hamkor mahalliy idoralarning mas'ul xodimlari va Kuvayt OAV vakillari ishtirok etishdi.



O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Kuvaytdagi vakili G‘ayrat Zunnunovning KUN.UZ'ga ma'lum qilishicha, ushbu tadbir oldingilaridan farq qilib, o‘zgacha ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan. Bunga eng avvalo O‘zbekiston prezidentining chet eldagi elchixonalar faoliyatida vatandoshlarning boshini qo‘shib, yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi hamda imkoniyatlarini ko‘rsata bilish, xorijiy investitsiyalar va sayyohlarni jalb qilish hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan eksportbop tovarlarning xaridorini topish kabi dolzarb yo‘nalishlarga alohida e'tibor qaratayotgani sabab bo‘lgan.



Bayram tadbirini O‘zbekistonning Kuvaytdagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom A'loyev kirish so‘zi bilan ochib, barchani Navro‘z bilan qutladi. Elchi o‘z nutqida bugungi kunda O‘zbekistonning barcha jabhalarida o‘tkazilayotgan keng islohotlar, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yuqori darajaga ko‘tarishga doir fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston tarixi, madaniyati va san'atiga bag‘ishlangan "Bilag‘onlar viktorinasi", lotereya o‘yinlari o‘tkazilib, ularning yakuniga ko‘ra g‘oliblar elchixonaning maxsus sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Kuvaytdagi Navro‘z tadbirida o‘zbek milliy taomi hisoblangan bayram palovi tayyorlanib, dasturxonga tortildi. O‘zbekiston bayrog‘i ko‘rinishida tayyorlangan bayram torti esa barchaning diqqatini tortdi. Shu bilan birga, milliy qo‘shiq va kuylar jarangladi. Bayram Kuvaytdagi o‘zbeklar bilan bir qatorda kuvaytliklarning yodida ham muhrlanib qoladigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026
O‘zbekistonda moliyaviy jarimalar bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
14:43 / 11.04.2026
Xorijdagi o‘zbekistonliklar elchixona qabuliga onlayn yozilishi mumkin bo‘ldi
09:38 / 07.04.2026