Ma'lumki, Özbekistonda haydovçilarni tayyorlaş va malakasini oşiriş faoliyati bilan şuğullaniş sohasidagi «Avtotest»ning monopol huquqi bekor qilindi va endilikda bu huquqqa belgilangan talablarga javob beradigan barça xöjalik yurituvçi sub'yektlari ega bölişlari mumkin.
Uşbu maqolada hukumat qarori yoki boşqa qonunosti hujjatlardagi masalalarni muhokama qilişdan yiroq bölgan holda, «Avtotest» tomonidan şartnomalarga kiritilgan bandlar haqida ma'lumot bermoqçimiz.
Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va Özbekiston Respublikasining «Xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyatining şartnomaviy-huquqiy bazasi töğrisida»gi qonunida şartnomalar tuzişning erkinligi va teng huquqliligi belgilab qöyilgan. Şartnomaning şartlari taraflarning xohişi bilan belgilanadi.
Şu örinda Vazirlar Mahkamasining qarorida nomi zikr etilgan «Avtotest Report» MÇJ emas, balki «Avtotest Report» MÇJ va Anna Izvekova ismli jismoniy şaxs ta'sisçiligida oçilgan «Avtotest Sirğali» MÇJ tomonidan mijozlarga taqdim etilayotgan şartnoma şartlariga diqqatni qaratsak:
1. «Avtotest Toshkent» MÇJ tomonidan taklif qilinayotgan şartnomada «tölangan pul qaytarilmaydi» degan band ham kiritib qöyilgan.
Aytaylik, öqiş uçun pulni tölab, toki malaka oşiriş boşlangunga qadar öşa mijoz avtotransport vositasini sotib yuborsa yoki yuridik şaxs tugatilsa, boşqaça aytganda «Avtotest» beradigan sertifikatga ehtiyoji bölmasa ham, tölangan pulni qaytara olmaydi. Xatga tuşding - ötga tuşding, deganlaridek, bu vaziyatda yuridik şaxs «pulga tuşib» qoladi.
Şartnomadagi «tölangan pul qaytarilmaydi» qoidasining eng qiziq tomoni, aytaylik ma'lum muddat ötib Vazirlar Mahkamasi öz qarorini özgartirsa hamda yuridik şaxslarning sertifikat oliş tartibi butunlay bekor bölsa ham, garçi hali malaka oşiriş boşlanmagan va «Avtotest» mijoz uçun yarim kun ham xizmat körsatmagan bölsa-da, lekin hisobiga tuşgan pullarni qaytarmaydi.
2.Şartnomada (rus tilida) tinglovçi 8 akademik soat (4 para) maşğulotlarda iştirok etmagan bölsa, öqişdan çetlatilişi belgilangan. Bunday vaziyatda mijoz qaytadan pul tölab, haydovçisini malaka oşiriş kurslarida boşidan öqitişga majbur böladi.
Şartnomaning boşqa bir bandida malaka oşiriş kursi boşlangaç, tinglovçi ikki kun içida öqişga kelmasa, tinglovçilar safidan çiqarilişi va kurslarga qöyilmasligi belgilangan.
















