22:30 / 20.03.2018
11075

Avstraliyalik yo‘qolgan “Boing” samolyotini Google Earth xaritalarida topganini ta'kidlamoqda

Foto: Daily Mail

Avstraliyalik muhandis-mexanik Piter Makmaxon Malaysia Airlines aviakompaniyasining yo‘qolib qolgan “Boing” samolyotini Google Earth xaritalarida topganini aytmoqda. Samolyot 2014 yilda Janubiy Xitoy dengizi ustidan uchib o‘tayotganda yo‘qolib qolgan. Samolyot falokatga uchragan joy hanuzgacha topilmagan.

Avstraliyalikning ta'kidlashicha, samolyot qoldiqlari Dumaloq orolidan 16 km janubda, Mavrikiydan 22,5 km shimolroqda, ya'ni okeanning o‘rganilmagan qismida joylashgan.  

Samolyot ishi bo‘yicha Avstraliyaga 4 nafar amerikalik tergovchi jo‘natilgan, biroq Makmaxonning fikricha, bu tergovchilar muhim axborotni yashirmoqdalar. Uning fikricha, AQSh hukumati samolyot o‘qqa tutilgani sababli uni qidirishdan bosh tortmoqda. 

Foto: Wikipedia Commons

“Ular barcha olingan ma'lumot jamiyatdan, hattoki hukumatimizdan yashirilganiga ishonch hosil qilishdi, biroq nega bunday qilganlar? Ular samolyot topilishini istashmayapti, chunki samolyot qoldiqlarida o‘qlarning ko‘plab izlari ko‘rinib turibdi va agar bu aniqlansa, yangi savollar paydo bo‘ladi”, deb aytgan Makmaxon.

Foto: bigpicture

Birinchi surat samolyotni eslatadi.

Foto: bigpicture

Ikkinchi surat esa “Boing” kabinasi va old qismini eslatadi. 

Makmaxon Avstraliya transport xavfsizligi boshqarmasiga ushbu haqda ma'lumot jo‘natgan va boshqarmada topilma yo‘qolgan samolyot bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

2014 yil martda Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz qilayotgan samolyot parvoz boshlangandan 6 soat o‘tib Hind okeaniga qulagani taxmin qilinadi. Radiolokatsion vizualizatsiyaning ko‘rsatishicha, samolyot uchuvchisi parvozning birinchi soati yo‘nalishdan keskin og‘ishgan, keyinroq esa samolyot butkul radarlardan yo‘qolgan. Samolyotda 239 kishi bo‘lgan, 2016 yil yanvarda ularning barchasi halok bo‘lgan, deb topilganlar.

2015 va 2016 yillarda qanot, qoplama va zakrilkaning bir necha bo‘laklari topilgan.

Top