Britaniya, Ukraina, Şvetsiya va Kanada 4 iyul, seşanba kuni BMT Xalqaro sudiga Eronga qarşi iş qözğatiş uçun qöşma ariza topşirdi, deyiladi sudning çorşanba kuni e’lon qilgan press-relizida. Ariza 8 yanvar kuni Tehron yaqinida röy bergan Ukraina laynerining halokati munosabati bilan berilgan.
Bortda 167 yölovçi va 9 ekipaj a’zosi bölgan, heç kim omon qolmagan. Halok bölganlar röyxatida Eronning 82, Kanadaning 63, Ukrainaning 11 va Şvetsiyaning 10 fuqarosi, şuningdek, boşqa davlatlardan bölgan bir neça yölovçi (jumladan, Germaniyaning 3 fuqarosi) bor edi.
Bayonotda ta’kidlanişiça, Eron «xalqaro standartlarga muvofiq töliq, şaffof va xolis sudgaça bölgan tergov va sud jarayonini ötkazmagan», şuningdek, «Monreal konvensiyasining 1-moddasida aytilgan, jinoyatning noqonuniy va qasddan sodir etilişining oldini oliş uçun barça amaliy çoralarni körmagan».
2022 yil 6 yanvarda Kanada, Buyuk Britaniya, Şvetsiya va Ukraina hukumatlari vakillari Eronni 2020 yilda urib tuşirilgan Ukraina «Boing» uçun tovon tölaş böyiça muzokaralarga jalb qiliş urinişdan voz keçgani va muammoni xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilişga harakat qilişi haqida bayonot berdi.
«Oxirgi ikki yil davomidagi sa’y-harakatlarimiz va uşbu muammoni muzokaralar yöli bilan hal qiliş böyiça köplab urinişlarimizga qaramay, xalqaro komissiya PS 752 reysi urib tuşirilgani uçun tovon puli tölaşga oid muzokaralar olib boriş böyiça keyingi urinişlar hozirça foydasiz degan xulosaga keldi», — deyiladi hujjatda.
2020 yil fevral oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Tehron tomonidan qurbonlar oilalariga 80 ming dollar (70 900 yevro) tölaş taklifini rad etib, bu mablağlarni yetarli emas deb hisobladi.













