Donetsk yaqinida qulagan Malayziyaning «Boing» samolyoti bortida bölgan 55 kişining qarindoşlari Inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga (IHeS) Rossiyaga qarşi da'vo arizasi bilan çiqişdi.
Qurbonlarning oilalari bildirişiça, Rossiya «Malayziya aviayönalişlari» samolyotini urib tuşirgan va keyinçalik halokat tafsilotlariga oid suriştiruvga xalaqit bergan.
Advokat Veyru Meva ma'lum qilişiça, qurbonlarning yaqinlariga köra, Rossiya Qöşma tergov guruhiga halokat haqida muhim ma'lumotlarni bermagan va tasdiqlanmagan dalillarni taqdim etgan. Meva da'vogarlar Rossiyadan tovon tölaş talab qilişayotgani böyiça masalaga aniqlik kiritmadi.
Advokatning fikriga köra, agar IHeS arizani qabul qilsa, u beş-yetti yil içida körib çiqadi.
24 may kuni xalqaro tergov guruhi «Malayziya aviayönalişlari» samolyotining halokatiga oid hisobotni taqdim etdi. Tergovçilarning ma'lum qilişiça, samolyotni urib tuşirgan «Buk» zenit raketa majmuasi Kursk yaqinida joylaşgan 53-zenit raketa brigadasi bazasidan yuborilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi bir neça bor samolyot halokatiga aloqador ekanini rad etdi. 17 sentabr kuni vazirlik rasmiylari «Boing» 1986 yilda Ukrainadagi harbiy qismga berilgan raketa yordamida urib tuşirilganini ma'lum qilişdi.
2016 yil may oyida IHeSga aviahalokatda qurbon bölgan, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Malayziyaning 16 nafar fuqarosi qarindoşlari Rossiyaga qarşi da'vo arizasi bilan çiqişdi. 33 nafar da'vogar 330 mln dollar miqdorida tovon puli talab qildi. 2017 yil iyun oyida yana 238 kişi - Niderlandiyaning 111 nafar fuqarosi qarindoşlari arizaga qöşildi.












