Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda ayollarga kiyim borasida tavsiyalar berilgan kitob chop etildi
Foto: Asia-Plus
Tojikistonda ayollar uchun milliy uslubdagi kiyimlar eskizlari tasvirlangan “Tojikistonda qiz va ayollarga kiyim kiyish bo‘yicha tavsiyalar bo‘yicha yo‘riqnoma” deb nomlangan kitob chop etildi. Bu haqda “Asia-Plus” axborot agentligi xabar bermoqda.
Tojik tilida yozilgan 368 sahifalik kitob 300 nusxada chop etilgan. Unda madaniyat vazirligining tojik ayollarining istalgan tadbir va kundalik hayotda, jumladan to‘y, Navro‘z bayrami va oddiy dam olish kunlari uchun kiyimlar bo‘yicha tavsiyalari bayon qilingan.
Kitobda 7 yoshdan 70 yoshgacha ayol-qizlar uchun kiyimlar eskizlari berilgan.
Bundan tashqari, kitobda ayol-qizlarga kiyib yurish tavsiya qilinmaydigan kiyimlar ham sanab o‘tilgan.
“Bu qora rangdagi kiyim va ro‘mol, qora hijob. Yevropacha ochiq kiyimlar – mini-yubka, dekolte, topiklar, yupqa matolardan tikilgan kiyimlar tavsiya qilinmaydi. Jamoat joylarida kalish va shippaklar, uy kiyimida, tananing ba'zi qismlarini ajratuvchi tortib turuvchi shimlar, sog‘liq uchun zararli sintetik matolardan tikilgan kiyimlarda bo‘lish tavsiya qilinmaydi”, deyilgan yo‘riqnomada.
Mavzuga oid
09:45 / 06.01.2026
Statistika: kiyim ishlab chiqarishda Andijon birinchi o‘rinda
15:44 / 01.12.2025
Kiyim ishlab chiqarishda Andijon viloyati peshqadam bo‘ldi
18:59 / 20.11.2025
O‘zbekistonda mashhur brendlarning autlet markazlari ochiladi
10:22 / 10.10.2025