Jahon | 15:20 / 21.03.2018
22977
5 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni shahzodasi: Davlat g‘aznasiga 100 milliard dollar qaytarildi

Foto: TASS

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va amaldagi hukmdori Muhammad ibn Salmon Ol-Saud Amerikaning CBS telekanalidagi 60 Minutes ko‘rsatuviga bergan intervyusida aksilkorrupsiya kampaniyasi sharofati bilan davlat g‘aznasiga katta miqdordagi pulni qaytarishga muvaffaq bo‘linganini ma'lum qildi. Forbes shu haqidagi maqolasini taqdim etdi.

"Qaytarilgan pullar summasi 100 milliard dollardan oshadi", - deydi taxt vorisi. Davlat tasarrufiga kim qancha pul berganini aytish qiyin bo‘lsa kerak. Biroq ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, shahzoda Al-Valid ibn Talal Ol-Saud Ar-Riyoddagi «Ritts-Karlton» mehmonxonasidagi hashamatli "qamoq"dan ozod bo‘lish uchun 6 milliard dollar to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Boshqalar, masalan, Muhammad Husayn Al-Amudiy haqida esa, hech nima ma'lum emas.

Boshqa shahzodalar va magnatlarga nisbatan bunday choralarni qo‘llashni hukmronlikni kuch bilan qo‘lga kiritish usuli deb hisoblash mumkinmi yoki yo‘qligiga doir savolga shahzoda Muhammad shunchaki yelka qisib qo‘ydi. 

Studiyada hammasi qanday kechganini aniq aytib bo‘lmaydi-ku, lekin teledastur efirida Muhammad bin Salmon do‘stona kayfiyatda, xushmuomala, lekin biroz mag‘rurdek tuyuldi. U hatto nima uchun qirollik oilasining ba'zi a'zolariga Saudiya Arabistoni hukumatidan milliardlar o‘g‘irlash mumkinmasu, unga 500 million dollarlik yaxta va Fransiyadagi 300 million dollarlik saroyni sotib olish mumkinligiga ham izoh berishga harakat qildi. U bu pullarni davlat g‘aznasidan olmagan bo‘lsa, qayerdan olgan bo‘lishi mumkin?

"Mening shaxsiy hayotim faqatgina o‘zimga tegishli bo‘lishini istardim. Shaxsiy xarajatlarimga kelsak, men badavlat insonman, kambag‘al emas", - dedi Saudiya Arabistoni taxt vorisi.

Shahzoda uzoq yillar davomida otasi, qirol Salmon ibn Abdul Aziz Ol-Sauddan ko‘p narsa o‘rgangani haqida so‘zladi. Shuningdek u haftasiga bittadan kitob o‘qigani, keyin esa u bo‘yicha savollarga javob berishiga to‘g‘ri kelganini xotirladi. "Qirol doim "agar davlatning ming yillik tarixini o‘qigan bo‘lsang, ko‘p asrlik tajribaga ega bo‘libsan", deb aytadilar", - deydi shahzoda. 

Meni tashvishga solgan narsa - 60 Minutes ko‘rsatuvi rahbariyati shahzodadan intervyu olish vazifasini aynan Nora O’Donnellga topshirgani bo‘ldi. (Ayol ko‘rsatuvni  boshida yopinchiqsiz o‘tkazayotgandi). "Ayollar va erkaklar teng huquqlimi?", - deya so‘radi u Saudiya Arabistoni shahzodasidan. "Shubhasiz. Barchamiz insonmiz. Hech qanday farq yo‘q", - deya javob berdi Muhammad ibn Salmon.

Ko‘rsatuv davomida O’Donnell Saudiyada nihoyat ayollarning mashina haydashiga ruxsat berishganiga ko‘p e'tibor qaratdi. Keyin efirda go‘yoki muvozanat bo‘lishi uchun ko‘rsatuv boshlovchisiga boshini yopish buyurilgan videolavha ko‘rsatildi. "Biz inson huquqlarining ko‘plab tamoyillariga ishonamiz. Biroq Saudiya Arabistoni standartlari - Amerika standartlari emas. Biz kamchiliklarni tuzatish ustida ishlayapmiz", - dedi shahzoda.

Intervyu efirga chiqishidan bir necha kun oldin CBS telekanali Muhammad ibn Salmonning izohlari berilgan bir necha rolikni taqdim etdi, ularda shahzoda Eron prezidenti Ali Hamanoiyni Adolf Gitlerga qiyoslagan. U Yaman aholisining azob-uqubatlarida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan harbiy amaliyotlarni aybladi. U agar Eron yadroviy qurolga ega bo‘lsa, Saudiya Arabiston ham Erondan "o‘rnak olishi"ni aytdi. Biroq qo‘shimcha qildi: "Eron umuman Saudiya Arabistoniga teng emas".

Mavzuga oid