Video: Kosovo parlamentida ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz ishlatildi
21 mart kuni Kosovo parlamentidagi muxoliflar Chernogoriya bilan chegara bo‘yicha kelishuv tasdiqlanishi uchun ovoz berish jarayoniga xalal berishdi. Serblarning muxolif partiyasi (Vetevendosje) vakillaridan biri ko‘zdan yoz sizdiruvchi gaz qo‘lladi.
Chegaralar demarkatsiyasi Kosovo Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejimga erishishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Bu masala mamlakatni bir necha yildan buyon boshi berk kechada ushlab turibdi.
Parlament spikeri Kadri Veseli deputatlarni kelishuvni ratifikatsiya qilishni tasdiqlashga chaqirishni boshlaganida muxolifat deputatlardan biri gaz qo‘lladi.
Shundan so‘ng deputatlar Kosovo Assambleyasi binosidan evakuatsiya qilingan.
Kelishuv tasdiqlanishi uchun parlamentdagi 120 nafar deputatning 80 nafari ma'qullashi yetarli bo‘lardi.
AQSh va Yevropa Ittifoqi elchilari bu holatni zo‘ravonlik deya baholashdi va deputatlarni kelishuvni ratifikatsiya qilish uchun parlamentga qaytishga chaqirishdi.
Chernogoriya va Kosovo 2015 yili chegaralar demarkatsiyasi bo‘yicha kelishuvni imzolagandi. Ammo Kosovo parlamenti hamon bu kelishuvni ratifikatsiya qilmay kelmoqda. Ratifikatsiya qilish masalasi parlamentga 2016 yilda kiritilgan, ammo bosh vazir Ramush Xaradinay boshchiligidagi muxolifatchilar bu kelishuvga qarshi chiqib kelishmoqda. Iddao qilinishicha, bu kelishuvga ko‘ra Kosovo 8 ming gektar hududini yo‘qotadi.
Yevropa Ittifoqi Kosovo o‘z fuqarolari Shengen vizasi bo‘yicha erkin harakatlanishini ta'minlash uchun ushbu kelishuvni ratifikatsiya qilishi kerakligini uqtirib keladi.
Bundan oldinroq Kosovo prezidenti Hoshim Tachi Serbiya Kosovo shimolini «Qrim ssenariy»si bo‘yicha annektsiya qilmoqchiligi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
22:30 / 02.08.2024
Shimoliy Makedoniyada Kosovo prezidenti bilan mojaroli vaziyat sodir bo‘ldi
08:50 / 17.07.2024
Kosovo ozodlik armiyasi sobiq qo‘mondoni 18 yilga qamaldi
08:20 / 02.01.2024
Kosovo fuqarolari endi Shengenga vizasiz borishi mumkin
15:15 / 21.11.2023