O‘zbekiston | 23:43 / 22.03.2018
4206
3 daqiqa o‘qiladi

COMSTEC bilan eng zamonaviy teleskop o‘rnatish va boshqa masalalar yuzasidan hamkorlik qilinadi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati

18 mart kuni Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Ilmiy-texnika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi (COMSTEC) doimiy kengashining umumiy koordinatori Sh.Xan boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi, deb xabar beradi innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati.

Tomonlar O‘zbekistonning COMSTEC bilan ilmiy, texnikaviy va innovatsion sohalardagi hamkorligini kengaytirish, shu jumladan, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Islom konferensiyasi doirasidagi tashabbuslarini samarali amalga oshirishga qaratilgan.

22 martga qadar davom etgan uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston bilan SOMSTES o‘rtasida 2018–2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risidagi yo‘l xaritasini imzoladi.

Hujjat quyidagi masalalar bo‘yicha hamkorlikni ko‘zda tutadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi eng zamonaviy teleskopni o‘rnatish bo‘yicha tashabbusini amalga oshirish;
  • O‘zbekistonda saqlanayotgan qo‘lyozmalarni saqlash, kataloglashtirish va o‘rganish;
  • muqobil energiya manbalari va axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
  • IHTga a'zo davlatlarning yosh matematiklari o‘rtasida xalqaro olimpiada tashkil etish;
  • al-Xorazmiyning boy merosini ommalashtirishga va Orol ekologiyasi muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanga, davlat arbobi va taniqli astronom Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosiga bag‘ishlangan 2020 yilga mo‘ljallangan Fan va Texnologiya bo‘yicha IKT sammitini O‘zbekistonda o‘tkazish.

Islomiy uyg‘onish markazida (CIC) CIC va COMSTEC o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati

Hujjatning asosiy maqsadi ikki institutning tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish, olimlar, professor-o‘qituvchilar, axborot va ilmiy ma'lumotlar almashinuvini amalga oshirishdagi sa'y-harakatlarini birlashtirishdan iboratdir.Tomonlar ushbu hujjatlarni amalga oshirish O‘zbekiston bilan COMSTEC o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga salmoqli hissa qo‘shishi haqida o‘zaro fikr bildirdi.

Tashrif asnosida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida Toshkentda muzokaralar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga qo‘shimcha turtki berishi ta'kidlandi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid