Jahon | 20:10 / 22.03.2018
6443
2 daqiqa o‘qiladi

Yirik kompaniyalar Facebook bilan hamkorlikni to‘xtatishni aytib tahdid qilmoqda

Foto: AFP

Reklama beruvchilar Mark Tsukerberg foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini to‘plash  bilan bog‘liq holatga izoh bermasa, Facebook bilan hamkorlikka nuqta qo‘yish bilan tahdid qilishdi. Britaniyaning Daily Mail nashri shu haqida xabar berdi. 

Facebook uch yirik kompaniya bilan hamkorlikni qo‘ldan boy berishi mumkin. Shu bilan birga, ilgari korporatsiya aksiyalariga qiziqqan moliyaviy tashkilotlar ham Facebook'ga boykot e'lon qilishmoqchi. 

Manbaga ko‘ra, iste'molchi tovarlar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi ISBA — Britaniya reklama beruvchilar birlashmasi IT-gigantdan tezkor javob talab qilgan. Taxminlarga ko‘ra, minglab firmalar, shu jumladan Unilever va Procter&Gamble kabi gigantlar ham ijtimoiy tarmoqning noqonuniy ma'lumot to‘plagani tasdiqlangan taqdirda Facebook bilan hamkorlikdan voz kechishi mumkin. 

M&C Saatchi xalqaro marketing agentligi rahbari Devid Kershou oligopoliya sharoitlarida kompaniyalar targ‘iboti barcha xarajatlarning 60 foizi Facebook va Google'dagi e'lonlarga ketayotganini ma'lum qildi. Kershouning fikricha, boykotga jazm qilganlar nihoyat cheklangan bozordagi ulkan xarajatlar bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid