Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:07 / 23.03.2018
4864
1 daqiqa o‘qiladi
Yangiyo‘lda 3ta xonadon yonib ketdi, bir inson halok bo‘ldi
Foto: KUN.UZ
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda KUN.UZ’ga Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan xabar qilishdi.
Qayd etilishicha, Yangiyo‘l tumani Chamanzor mahalla fuqarolar yig‘ini Q.Abdullayev ko‘chasidagi 3ta xonadon yonib ketgan. Yong‘inning umumiy maydoni 100 kvadrat metrni tashkil qildi – xonadonlarning tom-shift qismi, uy jihozlari yongan.
O‘t o‘chirish vaqtida ushbu ko‘chadagi raqamsiz uy ichidan xonadon egasining jiyani O.S.ning jasadi topilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish