19:45 / 23.03.2018
23742
Reklama

Barcha yuridik va jismoniy shaxslar hamda chet el investorlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlariga asosan sotilishi belgilangan davlat obektlari bo‘yicha savdolar davom etmoqda.

Xususiylashtirish shaklida sotilishi belgilangan davlat aktivlarining dastlabki savdolari 2018 yilning 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda. Hujjatlar yana 2 kun qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun telefonlar: (0-371) 232-80-25 (0-371)  230-41-73, 230-41-70. Faks: (0-371) 230-41-75

Savdolarga marhamat qiling!

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat aktivlari bo‘yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi.

Tanlov savdolariga quyidagi davlat aktivlari qo‘yiladi:

*Obekt negizida tibbiyot muassasi tashkil etish sharti bilan sotiladi.

**Obektlar tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan mukammal ta'mirlanib, uy-joy sifatida sotiladi, bunda bunyod etilgan uy-joy fondining 20 foizi aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlariga, xususan, voyaga yetmagan yetim bolalarni va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlarini uy-joy bilan ta'minlash maqsadida mahalliy tuman (shahar) hokimliklari tasarrufiga o‘tkaziladi.

Investitsiya kiritish mobaynida yaratilgan ishchi o‘rinlari, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng keyingi 1 yil davomida saqlanadi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan talabgor shartnoma imzolangandan keyin 30 kun muddat ichida tanlov obektini mustaqil baxolovchi tashkilot tomonidan baxolatadi,
bunda baxolashga ketadigan sarf xarajatlar tanlov g‘olibi tomonidan qoplanadi.

investitsiya kiritish sharti bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtirishda investor tomonidan investitsiya kiritish muddati tugab, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng, xususiylashtirilgan obektining 60 foizdan kam bo‘lmagan hududi (bino va inshootlar) ishga tushirilgan va ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan bo‘lishi lozim.

Tanlov savdolari natijalari bo‘yicha g‘oliblik bayonnomasi imzolangan sanadan boshlab 20 kundan kechikmay oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.

Talabgorlarning takliflari bildirilgan konvertlari 2018 yil 28 mart kuni, soat 900 da Toshkent viloyati hokimligi binosining 1-qavatidagi zalida ochiladi

Tanlov xujjatlarida va qo‘shimcha ma'lumotlarni olish mumkin bo‘lgan manzil: 100060, Toshkent shahri, Shaxrisabz ko‘chasi, 42-uy manzilida joylashgan 
Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi.

Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili shaxsan yoxud pochta orqali hududiy tanlov komissiyasining ishchi organiga tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ikki nusxada buyurtmanoma taqdim etadi:

nodavlat yuridik shaxslar uchun — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;

jismoniy shaxslar uchun — pasportining nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;

biznes-reja muhrlangan konvertda, shuningdek tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov takliflari (taklif qilingan sotib olish to‘lovlari summasi va uni to‘lash muddatlari, taklif qilinayotgan investitsiya majburiyatlari summasi, uning shakli, muddati va kiritish sharti).

Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak

Murojaat uchun manzil100060, Toshkent shahri, Shaxrisabz ko‘chasi, 42-uy. Ma'lumot uchun telefonlar: (0-371)  230-41-73, 230-41-70. Faks: (0-371) 230-41-80.Internet tarmog‘idagi veb-sayt: www.gki.uz, www.gkitorg.uz, www.tashvil.gov.uz.

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Savdolarni o‘tkazish jarayonida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlaringiz buzilgan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasining
(0-371) 259-21-37 yoki Toshkent viloyati raqobat boshqarmasining (0-371) 230-41-75 raqamli Ishonch telefonlariga shuningdek Toshkent viloyati hokimligining (0-371) 232-80-25 telefon raqamlarigazudlik bilan xabar berishingiz so‘raladi.

Savdolarga marhamat qiling!

Reklama huquqi asosida

Top