Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiqindilar bilan ishlovchi korxonalarga keng miqyosli imtiyozlar beriladi
Prezidentning 11.04.2005 yildagi «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–3594-son Farmoniga tegishli tuzatishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, Farmon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovi to‘lashdan, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilingan. Imtiyozlarning amal qilish muddati bunday investitsiyalar hajmiga bog‘liq:
• $300 mingdan $3 mln gacha – 3 yil;
• $3 mln dan ortiq $10 mln gacha – 5 yil;
• $10 mln dan ortiq bo‘lganda –7 yil.
Imtiyozlar iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashgan tashkilotlargagina beriladi. Loyiha tasdiqlangan taqdirda, ushbu ro‘yxatga chiqindilar bilan muomala qilish sohasi ham kiritiladi.
Bunda imtiyozlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan chiqindilar bilan muomala qiluvchi korxonalarga ham tatbiq etish taklif qilinmoqda. Umumiy qoidaga ko‘ra, u yerda imtiyozlar amal qilmaydi, faqat turizm sohasi tashkilotlari uchun istisno qilingan.
Ma'lumot uchun. Avvalgi loyihalardan birida maishiy chiqindilar bilan kompleks muomala qiluvchi klasterlarni barpo etish loyihalari tashabbuskorlari bo‘lgan korxonalarga bir qator soliq va bojxona imtiyozlari berish taklif qilingan.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:05 / 20.06.2026
O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
17:57 / 16.04.2026
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
15:16 / 13.04.2026
Bo‘stonliq tumanidagi «noqonuniy chiqindixona» bartaraf etildi
11:35 / 02.04.2026