Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanida yong‘in, ota va o‘g‘il halok bo‘ldi
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 21 mart kuni soat 10.00larda Masalboy mahallasida yashagan, 1955 yilda tug‘ilgan A.I.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi A.I. va uning o‘g‘li, 1985 yilda tug‘ilgan J.I.ning tutundan dimiqqan hamda kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yong‘in A.I. uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026