Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Kichik va o‘rta biznesini qo‘llab-quvvatlash departamenti va «Mikrokreditbank» o‘rtasida memorandum imzolandi
2018 yil 22 mart kuni Anqara shahrida Turkiya Respublikasining Kichik va o‘rta biznesini qo‘llab-quvvatlash departamenti (KOSGeB) hamda O‘zbekiston
Respublikasining “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik Memorandumi maqsadi Turkiya va O‘zbekiston Respublikalarida kichik biznes sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashish hisoblanadi. Hamkorlik Memorandumi natijasida, “Mikrokreditbank” ATB xodimlari Turkiya Respublikasi Kichik va o‘rta biznesini qo‘llab-quvvatlash departamenti (KOSGeB) ning faoliyati, xususan kichik biznesni imtiyozli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tajribasini o‘rganadi hamda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yaratish loyihalari amalga oshiriladi.
Uchrashuv yakunida Memorandum ijrosini ta'minlash maqsadida o‘zaro hamkorlik Ishchi guruhini tashkil etish va amalga oshiriladigan Yo‘l xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash kelishib olindi.
Mavzuga oid
17:33 / 28.10.2025
Qoraqalpog‘istonda Mikrokreditbank xodimlari mijozlarning qariyb 10 mlrd so‘m omonat pullarini o‘zlashtirib yuborgani aytilmoqda
16:54 / 24.06.2024
Hukumat Mikrokreditbankka 2 trln so‘mdan ko‘p mablag‘ ajratdi
19:26 / 02.11.2023
Bir davlat bankining binosini boshqa bir davlat banki sotib oldi
16:00 / 27.08.2022