Men sizlarga bir sirni oçmoqçiman. Yaxşi bilasizki, futbolçilar WhatsApp da turli guruhlar oçişadi. Menda uydagilar bilan bir guruhim bor, şuningdek, «Barsa»dagi jamoadoşlarim bilan alohida guruh oçganmiz. Ammo menga eng yoqadigan guruh, hayron bölişingiz ham mumkin, bir paytlar «Real»dan 8 yo 9 oçko ortda borayotganimizda Ispaniya terma jamoasidagi «Real» va «Barselona» futbolçilaridan iborat guruh taşkil qilgandim.

Agar siz faqat ommaviy axborot vositalarini öqisangiz va faqat öşa xabarlardan xulosa çiqarsangiz, göyoki biz bir -birimizdan nafratlanişimizga işonişingiz mumkin, ammo aslida biz juda yaxşi çiqişamiz. Biz öşa guruhda turli futbol taktikalari va falsafalar, yangiliklar va hatto öqigan kitoblarimizni ham muhokama qilamiz.

Hahaha, nimalar deyapman, hazil, u yerda faqat quruq gaplar, hazil-huzul va albatta, «Barselona» va «Real» haqida gaplar böladi.

Ajoyib! Xuddi yoş bolalarga öxşaymiz. Ayniqsa, hozir men mazza qilyapman, axir «Real»dan 15 oçko ilgarilab ketdik. Şuning uçun dahanaki «janglar»da men juda ijodkorman, hammani mot qilib turibman. Ötgan yili «realçi»lar hamma sovrinlarni yutganda, ularni mot qilib bölmasdi, albatta. Terma jamoadagi maşğulotlar paytida ham ustimdan rosa kulişardi.

Yigitlar, eslaringdami, ötgan mavsumda «Real» har bir öyinni yutgaç, ular ijtimoiy tarmoqlarda, instagramda özlarining yalanğoç rasmlarini qöyişar va muskullarini köz-köz qilişardi. #HalaMadrid deb yozib ham qöyişardi. Bu yilçi? Özlariça jiddiy bövolişgan - «3 oçko qölga kiritildi. Biz yanada köproq mehnat qilişimiz kerak» deb yozib qöyişmoqda. Hahaha! Şuning uçun ularning jiğiga tegaman - «bolalar bunça jiddiysizlar?» deb turli yiğlagan, kulgan emojilarni jönatişni boşlayman.

Men ularning ustidan kulişim mumkin, çunki ularning hammasi mening Ispaniya terma jamoasidagi döstlarim, aka-ukalarim. Balki biz bir-birimiz öynayotgan klublarni yoqtirmasligimiz mumkin, ammo bir yurt uçun, bir maqsad uçun öynaymiz va meni bu ğururlantiradi. Öşa bolaligimda, JÇ-94 edi, Luis Enrike terma jamoa libosida qonga belangan paytdayoq, men özimga şu libosni bir kun kiyişni maqsad qilganman. Bu gaplar balki sizni taajjubga solayotgandir, axir agar Madrid televideniyesini qöysangiz, men haqimda butunlay boşqa «yangiliklar»ni eşitgansiz. Ular men sotqin ekanimni, mamlakatni ikkiga böliş tarafdori bölganimni, referendumlarda Kataloniya mustaqilligi kuyçisiga aylanganimni aytib çarçaşmaydi.