«Chelsi»ning 3 goli hisoblanmadi, lekin 3 tasi hisoblandi

«Chelsi» – «Barselona» 3:0
Gollar: Kunde, 27 – avtogol (1:0). Estevao, 55 (2:0). Delap, 73 (3:0)
«Chelsi»: Sanches, Chaloba, Fofana, Kukurelya, Gyusto (Santos, 46), Jyeyms (Achimpong, 82), Kaysedo, Fernandes, Garnacho (Delap, 59), Estevao (Jorj, 82), Pedru Netu (Gittens, 76)
«Barselona»: X. Garsiya, Arauxo, Kubarsi, Balde (Martin, 80), Kunde, E. Garsiya, Fermin Lopes (Kristensen, 62), de Yong, Torres (Reshford, 46), Yamal (Olmo, 80), Levandovski (Rafinya, 62)
Ogohlantirishlar: Gyusto, 40 – Arauxo, 32
Chetlatish: Arauxo, 44 (ikkinchi sariq)

«Chelsi» «Barselona»ga qarshi – ancha jarangdor afisha. Ammo Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichi 5-turi doirasidagi ushbu to‘qnashuvda o‘yin faqat bir darvoza tomon bo‘ldi. O‘yin yirik hisobda yakunlanishiga Ronald Arauxoning qizil kartochkasi ham ta’sir qildi, ammo shusiz ham londonliklar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmayotgandi.

Londonliklar ilk daqiqalardan tashabbusni qo‘lga olishdi, ammo dastlab ikki gol inobatga olinmadi. Enso Fernandesning birinchi goli urilgan Uesli Fofana qo‘li bilan o‘ynagani tufayli bekor qilindi.

Ensoning standart vaziyatdan keyin urilgan ikkinchi goli inobatga olinmasligiga esa boshqa bir jamoadoshi Chaloba ofsayd holatida qolgan va vaziyatga ta’sir ko‘rsatgan deb topilishi sabab bo‘ldi.

«Chelsi» faqat uchinchi urinishda gol inobatga olinishiga erishdi – Mark Kukurelya qanotdan to‘p oshirdi, Netuga xalal berishga uringan Jyul Kunde esa o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

E’tiborli tomoni, bu vaziyat ham VAR orqali tekshirildi, ammo Kukurelya ofsaydda emasligi qayd etildi.

Mehmonlar jamoasining himoyachisining tovoni ortda qolib ketgandi.