Jahon | 22:47 / 24.03.2018
3297
1 daqiqa o‘qiladi

Peru sudi sobiq prezidentga mamlakatni tark etishni taqiqladi

Foto: Perú21

Perulik sudya Xuan Karlos Sanches Balbuena prokuratura talabini bajargan holda, sobiq prezident Pedro Pablo Kuchinskini mamlakatni tark etishiga taqiq qo‘ydi.

Ayni paytda, sobiq siyosatchi ustidan Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasidan olgan to‘lovlari bilan bog‘liq korrupsiya ishi yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 2004-2013 yillar davomida Kuchinskiga tegishli firmalar Odebrecht kompaniyasidan «konsultatsiya xizmatlari» uchun $4,8 mln olgan. Sobiq davlat rahbari bu xabarlarni inkor qilib kelmoqda. 

Shu paytgacha, bosh prokuratura bu ish yuzasidan Kuchinskini ikki marta so‘roq qilgan. Bundan tashqari, unga tegishli bo‘lgan uylarda tintuv o‘tkazgan.

Juma kuni Peru Kongressi Kuchinskini mamlakat prezidenti lavozimidan iste'fosini qabul qilgan edi. Ayni paytda, uning o‘rnini birinchi vitse-prezident Martin Viskarra egallagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid