Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo qishloq xo‘jaligi maydonlari dronlar orqali nazorat qilinadi
23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlar natijadorligi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, yig‘ilishda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot bergan Surxondaryo hokimi Erkinjon Turdimov, viloyatda g‘alla maydonlarida barcha kamchiliklarni tugatish bo‘yicha sektorlarda tizimli ish tashkil etilishi, chigit ekish ishlari 15 aprelgacha yakuniga yetkazilishini bildirdi. Erkinjon Turdimov viloyatda mavjud 41 ming gektar aholi tomorqasining 40 foizidangina samarali foydalanayotganini aytib o‘tdi. Bu borada ham amalga oshirish zarur bo‘lgan jihatlarga to‘xtaldi.
Viloyat hokimi Davlat rahbaridan fosfat mineral o‘g‘itlarni vaqtida yetkazib berish bo‘yicha mavjud muammolarni yetkazib, yer maydonlarini monitoringi, hosil rivojini nazorat qilishda dronlardan foydalanish ijobiy natija berayotganiga e'tibor qaratdi va viloyatga 8 dona ana shunday uskuna kerakligini aytdi.
Prezident barcha sohalar qatori, qishloq xo‘jaligida ham yangicha fikrlab ishlash uslubi katta samara berishini ta'kidlab, bu borada muammolar hal qilinishini bildirdi.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
15:20 / 09.06.2026