Jahon | 23:32 / 25.03.2018
5363
1 daqiqa o‘qiladi

Yaqin kunlarda “Zaytun novdasi” amaliyotidan ko‘zlangan maqsadga erishamiz – Erdo‘g‘an 

Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turk qurolli kuchlari yaqin kunlarda Suriyadagi Tell-Rifat shahri ustidan nazorat o‘rnatib, “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotidan ko‘zlangan maqsadga erishishlarini ma'lum qildi.  

“Yaqin kunlarda, umid qilamiz, Tell-Rifat shahri ustidan nazorat ta'minlanadi. Shu tariqa, biz “Zaytun novdasi” amaliyotidan ko‘zlangan maqsadga erishamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Turkiya qurolli kuchlari 20 yanvarda Suriyaning Afrinidagi kurd tuzilmalariga qarshi “Zaytun novdasi” amaliyotini boshlagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid