Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg Facebook uchun uzr so‘rash maqsadida Britaniya gazetalari reklama sahifalarini sotib oldi
Facebook Britaniyada chop etiluvchi bir necha yirik gazetalar, shu jumladan The Sunday Times va The Observer'ning yakshanba kungi sonida o‘z reklamasini joylashtirib, unda Mark Tsukerberg nomidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ishonchni oqlay olmaganlik uchun uzr so‘ralgan. Murojaat gazetalarning oxirgi sahifasida minimal bezaklar bilan chiqqan, pastki qismida esa Facebook'ning kichik logosi aks etgan.

Matnda aytilishicha, kompaniya begona ilovalarga katta ko‘lamdagi ma'lumotlarni yetkazishni to‘xtatgan va foydalanuvchilar haqida haddan ziyod ko‘p ma'lumot to‘plaganlarni bloklash uchun ularni to‘liq o‘rganishni maqsad qilgan.

"Ehtimol, siz 2014 yilda millionlab Facebook foydalanuvchilari ma'lumotlariga kirish imkonini bergan universitet tadqiqotchisi tomonidan yaratilgan viktorina ilovasi haqida eshitgandirsiz. Bu ishonchni poymol qilish holati bo‘lgan va men o‘shanda bunga ortiqcha e'tibor qilmaganim uchun uzr so‘rayman. Hozir kelgusida shunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur qarorlar qabul qilyapmiz.
Bugunga kelib biz bunday ilovalarning katta ma'lumot to‘plashiga chek qo‘ydik. Hozir biz siz Facebook orqali avtorizatsiya qiluvchi servislarda to‘planadigan ma'lumotlar sonini chegaralayapmiz.
Shuningdek biz vaziyatni tuzatishdan avval katta ma'lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lgan har bir ilovani o‘rganib chiqyapmiz. Biz boshqa ilovalar ham bo‘lishi mumkin deb o‘ylaymiz. Ularni topganimizda bloklaymiz va kimlarga ziyon yetkazganidan xabardor qilamiz.
Oxirgisi: biz qaysi ilovalarga sahifangizga kirish imkonini berganingizni yodingizga solamiz — shunda sizga boshqa keragi bo‘lmagan ilovalarni o‘chirib qo‘yasiz.
Bu hamjamiyatga ishonchingiz uchun rahmat. Sizlarga bundan yaxshiroq ishlashga va'da beraman".
Mark Tsukerberg
Facebook asoschisi va bosh direktori
Facebook tanqid qilingan so‘nggi haftada kompaniya aksiyalar kursi pasayishi natijasida 50 milliard dollar yo‘qotdi. Foydalanuvchilar ommaviy ravishda ijtimoiy tarmoqqa boykot e'lon qilishmoqda, inglizzabon nashrlarda Facebook'dagi sahifani to‘liq o‘chirishga doir ko‘rsatmalar berilmoqda.
Mavzuga oid
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025