Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda parlament saylovi yakunlandi
© RIA Novosti / Ramil Sitdikov
Turkmanistonda mamlakat parlamenti – mejlisga saylovlarda ovoz berish jarayoni yakunlandi.
Odatga ko‘ra, saylovda yuqori davomat qayd etildi.
Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ovoz berish uchasktkalari yopilishiga 2 soat vaqt qolganida bergan ma'lumotga ko‘ra, umumiy saylovchilarning (3,2 million kishi) 86,34 foizi ovoz berib bo‘lgandi. Yakuniy ko‘rsatkichlar keyinroq ma'lum qilinadi.
Saylovlar bir mandatli okruglar bo‘yicha o‘tkazildi. Deputatlar 5 yilga saylanadi. Ovoz berishda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘prog‘ining ovozini to‘play olgan nomzodlar g‘olib deb hisoblanadi. Parlament saylovlari natijalari saylovlar o‘tgandan keyin 7 kundan kech bo‘lmagan davr ichida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
14:35 / 26.01.2026
Myanmada harbiy xunta tashkil etgan saylovlar yakunlandi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
19:21 / 01.01.2026